Xonqada 20 ta maʼmuriy jarimasi boʼlgan “Jentra” jarima maydoniga qoʼyilgach, qarzdor barcha jarimalarini toʼladi
- 2024-01-18
Yoʼl harakati qoidalarini buzib, qoʼllanilgan jarimalarni oʼz vaqtida toʼlamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan taʼsir choralari koʼrilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB YHXBning qarorlariga asosan javobgar Sh.А.dan davlat foydasiga jami 20 ta 12,0 mln soʼmlik maʼmuriy jarimalarni undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjatlari yuzasidan Byuroning Xonqa tumani boʼlimi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdor Sh.А.ga davlat oldidagi majburiyatini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash chorasini koʼrmaganligi sababli, undiruv qarzdorga tegishli boʼlgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan va olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida avtotransport vositasining turgan joyi aniqlanib, xatlangan va jarima maydoniga olib kirilgan.
Shundan soʼng, qarzdor barcha jarimalarini toʼladi.