Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi Eko-IT oromgohining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  •  2022-11-09
Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi Eko-IT oromgohining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi. U O‘zbekiston maktablarining barcha ekofaollariga murojaat qilar ekan, shunday dedi:

— Ona zaminimizning kelajagi – hammamizniki, unga har birimiz javobgarmiz. Bugun atrof-tabiatga mehr berib, asrab-avaylasak, ertaga sayyoramiz gullab-yashanaydi. Va bunda sizning katta hissangiz bo‘ladi!

Eko-IT oromgohi "Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida gibrid shaklda tashkil etildi, unda 400 dan ziyod ekofaollar ishtirok etdi.

Tadbirdan asosiy maqsad ekologiya uchun ma’suliyatni his etuvchi avlodni tarbiyalash hamda yoshlarni atrof-muhitni yaxshilash va asrab-avaylash bo‘yicha amaliy harakatlarga faol jalb qilishdan iborat.