Urganch tumanida hokim oʼrinbosari va uning sherigi boʼlgan mutaxassis ushlandi

  •  2022-10-26
Urganch tumanida hokim oʼrinbosari va uning sherigi boʼlgan mutaxassis ushlandi

prokurBosh atura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, viloyat “Chorvanasl” markazining Urganch tumani yetakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xoʼjaligiga tegishli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xoʼjaligi tashkil etib, ushbu yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 000 АQSh dollari talab qilib, shundan 60 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

 
T.M.ning koʼrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.А. fuqaro N.nomiga fermer xoʼjaligi tashkil qilish va yer maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga oʼz xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlar oʼtkazilmoqda.