Iqlim freskasi - Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston talabalari uchun ilmiy o'yin

  •  2022-04-29
Iqlim freskasi - Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston talabalari uchun ilmiy o'yin

Iqlim freskasi - Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston talabalari uchun ilmiy o'yin.

2022-yil 15-aprel – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va taraqqiyot vazirligi (FCDO) bilan birgalikda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston talabalari uchun "Iqklim Freskasi" (“Climate Fresk”) o'yini  metodologiyasi bo‘yicha mintaqaviy tadbir o‘tkazdilar.

Iqlim freskasi (Climate Fresk) - bu atrof-muhit muammolari, shuningdek, iqlim o'zgarishi haqidagi fan tadqiqotlariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan innovatsion interaktiv o'yin. O'yin Iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IO'HEG) so'nggi hisobotida keltirilgan ma'lumotlar asosida yaratilgan va ishtirokchilarga iqlim o'zgarishi sabab bo'lgan muammolar haqida ko'proq ma'lumot olish imkonini beradi va ushbu global jarayonda sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish orqali ushbu hodisaning to'liq rasmini tushunishga yordam beradi.

Ishtirokchilar tadbirga ikkita dasturiy paketlar - Zoom va Mural yordamida ulanishdi. Ushbu texnologiya talabalarga o'yin davomida faol muloqot qilish imkonini berdi. 

“Zoom’ning texnik imkoniyatlari bilan birgalikda Mural dasturidan foydalanish tadbirni haqiqatdan ham o‘ziga xos qildi. Ishtirokchilar nafaqat o‘z fikr-mulohazalarini bildirish va muammolarni muhokama qilish, balki iqlim o‘zgarishi muammolarining sabab-natija munosabatlarini ko‘rsatuvchi interaktiv xaritasini birgalikda ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldilar”, — dedi loyiha maslahatchisi Aleksey Semyonov.

Tadbirni “Climate Fresk” instruktorlari olib borishdi, ular o‘yin davomida talabalarning savollariga javob berishdi va ularni ilmiy ma’lumotlarga asoslangan holda iqlim boshqotirmalarini to‘g‘ri yechishga yo‘naltira oldilar. Qirg‘izistonlik loyiha koordinatori Cho‘lpon Aytaqulova bunday tadbirlar Markaziy Osiyoning uch davlatida iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha aloqalar va o‘zaro tushunishni o‘rnatishga yordam berishini ta’kidladi. Iqlim o'zgarishi chegara bilmaydi va milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi harakatlarni sinxronlashtirish iqlim o'zgarishi va uning salbiy ta'siriga qarshi kurashda muvaffaqiyat kalitidir.

 Tadbir “Iqlim freskasi” mintaqaviy o‘yinining ikkinchi bosqichi bo‘ldi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (Oʻzgidromet) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligini taʼminlash boʻyicha siyosiy harakatlar II bosqich” mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirildi.