Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi boʼlgan firibgarlar ushlandi
- 2022-03-05
Departamentning Yangiariq tumani boʼlimi tomonidan DXXning Xiva shahri boʼlimi bilan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro А.K. Yangiariq tumanidagi “Saburzom” mahallasida fuqaro R.ning nomiga goʼyoki tugallanmagan turar joy binosi sifatida rasmiylashtirilgan 13 sotix ekin yer maydonini fuqaro J.ga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga 10 500 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.