Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida “Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik” mavzusida mahalliy OАV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi.

  •  2022-06-03
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida “Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik” mavzusida mahalliy OАV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi.

Matbuot anjumani oʼtkazildi

Kuni kecha, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida “Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik” mavzusida mahalliy OАV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi.

Аnjumanda boshqarma boshligʼi M.Klichev hamda sohaviy boʼlim va guruh boshliqlari ishtirok etishdi. 

Аnjumanda dastlab, Prezidentimizning 2022 yil 25-27 aprelь kunlari “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʼllanilishini soddalashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-115-son hamda “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-122-son Farmonlarning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subʼektlari uchun afzalliklari, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʼrinlarini yaratish yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Аnjuman soʼngida, bojxona sohasining keng yoritishda taklif va tavsiyalarni muntazam bildirib borishlari muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlanib, jurnalistlar va blogerlarning savollariga batafsil maʼlumot berildi.