Xorazmdagi Mehribonlik uyida voyaga yetmagan 3 nafar qizni zoʻrlab kelgan sobiq Adliya boshqarmasi boshligʻi va tuman FVB rahbarlarining qilgan qabih ishlari yuzasidan toʻliq maʼlumot.

  •  2023-04-01
Xorazmdagi Mehribonlik uyida voyaga yetmagan 3 nafar qizni zoʻrlab kelgan sobiq Adliya boshqarmasi boshligʻi va tuman FVB rahbarlarining qilgan qabih ishlari yuzasidan toʻliq maʼlumot.

Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvchisi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangan. Mehribonlik uyi rahbari 5 yilu 6 oyga qamalgan, mansabdor shaxslarning esa ozodligi cheklanib, qoʼyib yuborilgan.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada boʼlgan amaldorlar ozod etildi

Oʼzbekiston viloyatlaridan biridagi oilaviy mehribonlik uyi rahbari 3 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qizni 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar boʼlimi boshligʼi bilan jinsiy aloqada boʼlishga majburlagani aytilmoqda. Bu haqda zoʼravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

Mehribonlik uyi rahbari va ikki boʼlim boshliqlariga nisbatan qoʼzgʼatilgan ishni koʼrib chiqqan sud majlisi 2022 yil sentyabrь oyida boʼlib oʼtgan.
Loyihaga koʼra, oilaviy mehribonlik uyi rahbari oʼz vasiyligidagi 3 nafar qiz (Аziza, Raʼno va Dilya — ismlar oʼzgartirilgan)ni tanlab olgan va 10 oy davomida (2021 yil may — 2022 yil fevralь) moddiy ragʼbat evaziga turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan.
«Masalan, 2021 yil may oyi boshida u oʼsha paytda hali 16 yoshga toʼlmagan Аzizani tanlab, tanishlaridan biri bilan jinsiy aloqaga kirishga majburlagan. Qiz bunga qarshilik qilganda mudira oshxonadan oʼqlov olib keltirib, barcha bolalarning koʼz oʼngida qizning kichik ukasini kaltaklay boshladi. Qizning irodasini sindirib, mudira keyinchalik uni oʼzi aytgan erkaklar bilan yotishga majbur qilib kelgan», — deb yozadi Nemolchi.uz.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi mudiraning muammolarini hal qilishda oʼz vakolatlarini ishga solishga vaʼda berib, 2021 yil aprelь oyida unga xayriya sifatida printer sovgʼa qilgan (qurilma viloyat adliya boshqarmasi balansida boʼlgan, ishlatilgan, keyinchalik yaroqsiz holga kelgan).
«Bunday «xayriya»dan bir necha hafta oʼtgach, erkak mehribonlik uyi rahbaridan unga jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiz berishni talab qildi. Shunda mudira 17 yoshli yetim qiz Raʼnoni tanladi va uni och qoldirib, boshqa bolalardan ajratib, tashqariga chiqishini taqiqlab qoʼydi, keyin viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi unga 250 ming soʼmlik sport oyoq kiyimi olib bergani uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majbur ekanini aytdi. Erkak qiz bilan qabih ishlari uchun adliya boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi xodimlariga xizmat uyi sifatida ajratilgan xonadondan foydalangan», — deyiladi loyiha materialida.
Oradan bir oy oʼtib, 2021 yil iyunь oyida u yana mudiradan qiz talab qilib, 15 yoshli Аziza bilan ham shu xonadonda birga boʼlgan.
«Voqealar qayta-qayta takrorlanadi… Darhaqiqat, oʼn oy davomida viloyat adliya boshqarmasining xizmat xonadonidan viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi va voyaga yetmagan qizlar oʼrtasida jinsiy aloqa maydoni sifatida foydalanilgan», — deb yozadi Nemolchi.uz.
Favqulodda vaziyatlar boʼlimining tuman boʼlimi boshligʼi ham mehribonlik uyi rahbariga uning muammolarini hal qilishda yordam berishini aytgan. May oyi boshida homiylik sifatida bolalar uchun divan, shkaf, oshxona stoli sovgʼa qilgan va bolalarga turli shirinliklar olib kelgan.
«Buning evaziga 2021 yil iyunь oyi boshida u ham jinsiy aloqa qilish uchun qiz talab qilib, mehribonlik uyi yotoqxonasida yuqorida tilga olingan 17 yoshli yetim Raʼno bilan yotib chiqadi. Iyunь oyining oxirida u mehribonlik uyi rahbariga 200 ming soʼm berib, yana shu qiz bilan yotadi. Keyin esa mehribonlik uyiga oziq-ovqat va ichimliklar olib keladi va buning evaziga 15 yoshli Аzizani jinsiy aloqa qilishga majburlaydi. Qizlar u bilan bir necha bor jinsiy aloqa qilishga majbur boʼlishdi va uchrashuvlar bolalar uyining oʼzida ham, boshqa joylarda ham boʼlib oʼtdi», — deyiladi loyiha materialida.
Nemolchi.uz voyaga yetmaganlar qaram holatda boʼlgani va shu bois jinsiy aloqaga oʼz ixtiyori bilan va ongli ravishda rozilik bera olmasligini qayd etdi.

Maʼlum qilinishicha, sud jarayonida barcha ayblanuvchilar «qizlar buni oʼz ixtiyori bilan qilgani, ularni hech kim majburlamaganini»aytgan.
Sentyabrь oyida birinchi instantsiya sudi mehribonlik uyi rahbarini Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (18 yoshga toʼlmagani aybdorga ayon boʼlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi), 167-moddasi 2-qismi «g» bandi (Mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʼli bilan oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) boʼyicha 5 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilgan.
Аdliya boshqarmasi boshligʼi va favqulodda vaziyatlar boʼyicha tuman boshqarma boshligʼi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (Shaxsning 16 yoshga toʼlmagani aybdorga ayon boʼlgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʼayritabiiy usulda qondirish) va Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (16 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish)ning eski tahririda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Ularning har ikkisiga 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu vaqt davomida ularga 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish, shuningdek, probatsiya organlarini ogohlantirmasdan yashash joyini oʼzgartirishlari va yashash tumani chegaralarini tark etish taqiqlanadi.
2022 yilning dekabrь oyida apellatsiya instantsiyasi sudi sud qarorini oʼzgartirishsiz qoldirgan.
«Yuqorida tasvirlangan holatda ularga nisbatan yetarli jazomi? Аfsuski, hatto idoralar xodimlari orasida ham oʼzlari buzuq boʼlgan voyaga yetmagan qizlar borligiga ishonadiganlari bor, qizlar erkaklarga osilib, jinsiy aloqa qilishni xohlasharmish. Hech kim sabablar haqida oʼylashni xohlamaydi. Mamlakatimizda rozilik yoshi 16 yoshdan boshlanishini hamma unutgan koʼrinadi. Bu shuni anglatadiki, 16 yoshga toʼlmagan shaxs bilan har qanday jinsiy aloqa nomusga tegish deb hisoblanishi kerak», — deydi Nemolchi.uz.
Jinoyat kodeksining aybdorlarga qoʼllangan moddalari:
Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga toʼlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (16 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (18 yoshga toʼlmagani aybdorga ayon boʼlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi (Mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʼli bilan oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 209-moddasi 1-qismi(Mansab soxtakorligi) BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Gap Xorazm viloyati adliya boshqarmasi va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar boʼlimi mutasaddilari haqida ketmoqda, deb xabar qildi «Gazeta.uz» manbalari.
Oliy sud sayti xabariga koʼra, Jinoyat kodeksining koʼrsatilgan moddalari bilan ish 2022 yil sentyabrь oyi boshida Jinoyat ishlari boʼyicha Xiva tumani sudi sudьyasi Dilmurod Otamuratov tomonidan koʼrib chiqilgan. Ish boʼyicha ayblanuvchilar mehribonlik uyi rahbari Yulduz Xudaybergenova, Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar boʼlimi sobiq boshligʼi Аnvar Kuryazov va adliya boshqarmasi sobiq boshligʼi Oybek Masharipovlar boʼlgan.

Oliy sud matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga maʼlum qilishicha, ish sudda yopiq tarzda koʼrib chiqilgan, shu sababli jarayon tafsilotlarini oshkor etib boʼlmaydi.