Oʼqishga kiritish hamda oʼqishni koʼchirib berish bilan bogʼliq firibgarlik holatlari fosh etildi
- 2022-07-27
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ya.M. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari yordamida Toshkent davlat agrar universitetiga oʼqishga kiritib qoʼyish evaziga 4 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.