Xorazm viloyatiga 100 ta yangi mikroavtobuslar harid qilindi.
- 2023-10-30
Joriy yilda viloyatimizda 19 nafar tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan oʼz mablagʼlari va bank kreditlari hisobiga umumiy qiymati 3 mln АQSh dollariga teng boʼlgan 100 ta mikroavtobuslar xarid qilindi. Ularning 52 tasi Xitoyda ishlab chiqarilgan “JAC “, 4 tasi “FATON” va 44 tasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “GАZELЬ-NEXT” rusumli mikroavtobuslardir. Natijada viloyatda 6 ta yangi yoʼnalishlarda jamoat transporti qatnovi yoʼlga qoʼyildi, ilgaridan mavjud yoʼnalishlarda qatnovlarning oraliq vaqti qisqarib, yoʼlovchilar uchun qulaylik yaratildi. Kuni kecha viloyatimizga “ COMFORT AUTO HAMKOR” MChJ tomonidan umumiy qiymati 1 mln 104 ming АQSh dollariga teng boʼlgan 4 ta “YUTONG“ va 4 ta “ZHONGTONG” avtobuslari keltirildi. Mazkur avtobuslar Urganch-Toshkent-Urganch yoʼnalishida yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatadi. Yoʼlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni mobilь ilova orqali xarid qilish va “Catering” xizmati ham yoʼlga qoʼyiladi.