Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

  •  2025-11-20
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “X.D.” MCHJga tegishli dorixona sotuvchisi N.A. fuqaro SH.YA.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 150 dona “Benzonal” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.