E'tibotsiz qolgan "Zaxkash"... e'tiborsiz mas'ullar...
- 2023-07-17
Bizga aholi tomonidan yo'llangan murojaatda Xonqa tumanidan o'tuvchi zaxkashni ahvoli juda ayanchli holga kelib qolgani haqida xabar berildi.
Bu Zaxkashni achinarli ahvolidan Ekologiya jonkuyar mas'ullari xabari bo'lsa kerak, shunday bo'lsa ham bilmaslikka olishadi, bizning fikrimizcha.
Nimagaki, tasvirlarda ko'p qavatli xonadonlarni chiqindi suvlari (kanalizatsiya suvlari) to'g'ridan to'g'ri zaxkashga chiqarib qo'yilganligini ko'rishingiz mumkin.
Bu holat Ekologiya jonkuyar mas'ul xodimlariga go'yoki odatiy hol dek. Xuddi bilmaslikga olishadi.
Qachonki blogger yoki, OAV vakillari ijtimoyi tarmoqlarda tanqid qilishib chiqishsagina harakatga tushadilar... unda xam "xo'ja ko'rsin"ga, hudda biz uchun ishlayotgandek loqaydlik qilishadi.
Ushbu holat Xonqa tumani Dilshod kafe orqa tomonidagi zaxkash masalasi bu atrofidagi yashovchi fuqorolarning aytishi bo'yicha ko'p qavatli xonodonlarni kanalizatsiya chiqindisi to'g'ri zaxkashka ketarkan. Bu holatda kim aybdor mas'ul tashkilotlardan izox kutib qolamiz...