Koʻp kvartirali uylarni saqlashda yangi islohatlar

  •  2022-09-21
Koʻp kvartirali uylarni saqlashda yangi islohatlar

Xorazm viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi  hamkorligida “Koʻp xonadonli uy-joylar sohasidagi oʻzgarishlar, mavjud muammolar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

                                                                                                                        Tadbirda:

Bugungi kunda viloyatimizda mavjul 1 484 ta koʻp kvartirali uylarga 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 24 ta boshqaruv tashkilotlari xizmat koʻrsatib kelayotganligi; viloyatimizda ogʻir toifadagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tugatilishi va ularning oʻrniga tadbirkorlarni jalb qilish orqali boshqaruv kompaniyalariga oʻtkazilishi, avvalombor, koʻp xonadonli uylarda yashovchi aholiga sifatli kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimini yaratilishiga qaratilganligi; 2022/2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha viloyatda 78 ta koʻp kvartirali uylarda taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan, 59 ta uyning fasad qismi, 36 ta uyning tom qismi, 46 ta temir eshik va kodli qulflar, 143 ta uyning kirish yoʻlaklari, 64 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 29 ta uyning yer toʻla qismidagi muhandislik komunikatsiyalari, 41 ta uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini taʼmirlanganligi;  bundan tashqari, boshqaruv tashkilotlari tomonidan yil boshi davomidan 26 ta uyning tom qismi joriy taʼmirlanganligi, 26 ta uyning fasad qismi, 108 ta kirish yoʻlaklar taʼmirlanganligi, 108 ta uyning yer toʻla qismidagi muhandislik tarmoqlari yangilanganligi, 13 ta elektr taqsimlash shitlari,           157 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 34 ta bolalar maydonchalari, 35 ta dam olish maskanlari, boshqaruv tashkilotlari hududlarida mavjud ichimlik va oqava suv quduqlarining 42 ta holati bartaraf qilinishiga erishilnanligi; koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisidagi Hukumatining tegishli qarorlariga asosan, joriy yil boshidan koʻp kvartirali uylarni boshqarishda     Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Mening Uyim” billing tizimi ishga tushirilganligi,  ushbu tizim orqali koʻp xonadonli uylarni  holati, uy-joy mulkdorlar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlarni, qarz miqdori, muddatini avtomatik tarzda kuzatib borish imkoniyati yaratilganganligi aytib oʻtildi.

“Mening Uyim” billing tizimi mobil ilovasi orkali  uy-joy mulkdorlari tomonidan boshqaruvchi tashkilotlarga murojaatlar yoʻllash imkoniyati,  shuningdek, toʻlovlarni respublikadagi barcha elektron toʻlov tizimlari orkali toʻlash imkoniyati yaratilgan hamda ushbu tizim toʻlangan majburiy badal va toʻlovlarni shaffofligini taʼminlash, koʻp kvartirali uylarni boshqarish boʻyicha boshqa maʼlumotlar almashish jarayonidan iboratligi tushuntirildi.

Anjuman ochiq muloqot tarzida oʻtib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.