Qoʼshkoʼpir va Shovot tumanlarida xususiy korxonaga va tomorqa uchun ajratilgan yer maydonlarining sotilishining oldi olindi
- 2022-04-04
Qoʼshkoʼpir va Shovot tumanlarida xususiy korxonaga va tomorqa uchun ajratilgan yer maydonlarining sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.S. Qoʼshkoʼpir tumanidagi “Yu.F.” xususiy korxonasiga qarashli 24 sotix yer maydonini fuqaro B.ga firibgarlik yoʼli bilan 130 mln soʼmga sotishga kelishib, oldindan 900 АQSh dollari va 50 mln soʼmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Shovot tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Oʼ.Gʼ. oʼziga sotish huquqisiz dala tomorqasi uchun ajratilgan 8,5 sotix yer maydonini fuqaro R.ga 5 000 АQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 3 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.