Yangiariq tumanida fuqaroga tergov va sud jarayonida yengillik qilib bermoqchi boʼlgan firibgar ushlandi

  •  2022-04-21

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʼlimi tomonidan viloyat DXX va IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Xorazm viloyati boʼyicha boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro А.А. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga IIB tergov tizimida ishlovchi tanishlari yordamida tergov hibsxonasida saqlanayotgan turmush oʼrtogʼi А.ga tergov va sud jarayonida yengillik qilib berishi evaziga olgan 2 900 АQSh dollaridan 2 000 АQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.