Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Xorazm viloyati blogerlari va mustaqil jurnalistlari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

  •  2022-01-07

Uning davomida tadbirkorlar faoliyatida duch kelinayotgan dolzarb masalalar, shuningdek, viloyatda investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik muhitini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. OАV vakillari va blogerlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish boʼyicha oʼz takliflarini bildirishdi.

Eng qiziqarli gʼoyalar amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilindi va masʼul rahbarlarga oʼrganish hamda joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun topshirildi.

Аniqlangan muammolar ham nazoratga olindi. Ularni hal qilish boʼyicha tezkor choralar koʼrish yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida dolzarb mavzu va masalalar boʼyicha muntazam muloqot va fikr almashishni davom ettirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining jurnalistlar va blogerlar bilan oʼzaro hamkorligiga yoʼnaltirilgan doimiy faoliyat yurituvchi platformani tashkil etish istiqbollari qayd etildi.