Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, АI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aktsiz soligʼini “nol” stavkada qoʼllash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

  •  2023-02-28
Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, АI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aktsiz soligʼini “nol” stavkada qoʼllash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022 yil 10 dekabrdan boshlab amal qilayotgan АI-80 rusumli avtobenzin uchun aktsiz soligʼini “nol” stavkada qoʼllashning amal qilish muddati ertaga, 2023 yil 1 mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, isteʼmolchilarning neftь mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan АI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aktsiz soligʼini “nol” stavkada qoʼllash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.