Xorazmdagi koʼp xonadonli uylar va ijtimoiy soha muassasalarida isitish mavsumi boshlandi.

  •  2023-11-13
Xorazmdagi koʼp xonadonli uylar va ijtimoiy soha muassasalarida isitish mavsumi boshlandi.

Xorazm viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan: “Xorazm issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 474-sonli xatini koʼrib chiqib, viloyatda ob-havo haroratining keskin pasayib borayotganligini eʼtiborga olib, aholi xonadonlari, koʼp xonadonli uy-joy fondi va ijtimoiy soha muassasalarini 2023-2024-yillar kuz-qish davrida uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining 6, 25-moddalariga asosan: Viloyatda koʼp xonadonli uylar va ijtimoiy soha muassasalarida isitish mavsumini 2023-yil 11-noyabrdan boshlashga ruxsat berilsin. “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali (B.Djumanazarov), “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati (S.Beregin) va “Xorazm suv taʼminoti” MChJ (А.Qodirov) isitish mavsumi boshlanishi munosabati bilan “Xorazm issiqlik manbai” aktsiyadorlik jamiyati, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, koʼp xonadonli uylar, sogʼliqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi va boshqa ijtimoiy soha muassasalariga qarashli barcha qozonxonalarni yetarli miqdorda tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlasinlar.