Ekologiya vazirligi Vazirlar Mahkamasidan mustaqil qoʻmitaga aylantirildi
- 2025-11-19
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarildi.
Endi u Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi sifatida faoliyat olib boradi. Shtat birliklari esa saqlanib qoladi.
Bu borada davlat rahbari yangi Farmon va qaror imzoladi:
➖ turizm qoʻmitasi qayta tashkil etilib, Ekologiya vazirligi huzuridan mustaqil qoʻmitaga aylantirildi;
➖ ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tashkil etildi;
➖ Prezidentning ekologiya boʻyicha maslahatchisi lavozimi yaratildi;
➖ qoʻmita “Chiqindidan holi hudud”, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” va “Bio meros” loyihalari uchun masʼul;
➖ “ekoloyihalar fabrikasi” — 15 nafar ekspert bilan tashkil etiladi;
➖ ekopolitsiya xodimlari jismoniy kuch, maxsus vosita va xizmat qurolidan foydalanishi mumkin, maxsus kiyimlarga bodi kameralar oʻrnatiladi;
➖ 2026-yildan eʼtiboran ekologik nazorat kuchaytiriladi, onlayn platforma yoʻlga qoʻyiladi, sanoat korxonalari fon monitoring stansiyalarini oʻrnatishi shart boʻladi;
➖ tabiatga zarar yetkazish uchun imtiyozlar faqat qonun asosida beriladi.
Shu bilan birga, aholi punktlarida daraxtli yer maydonlarini himoya qilish va jamoatchilik tashabbuslari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.