Xorazm viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
- 2022-05-02
Xorazm viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.O. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, fuqaro B.ga 10 turdagi jami 260 quti “Korstabil”, “Urolomed”, “Glistoford”, “Nevroritm”, “Gastronet”, “Аktomunal”, “Novokaltsid”, “Vitaset”, “Liferal” va “Biospek por” nomli dori vositalarini 40 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida uning yonidan jami 123,2 mln soʼmlik 17 turdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.