Bogʼot tumanida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
- 2022-11-25
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʼot tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “N.K.” MChJ rahbari X.X. va “L.T.” MChJ rahbari N.X. fuqaro А.J.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qisqa fursatda tijorat banki filialidan 300 mln soʼm imtiyozli kredit olib berish evaziga 30 mln soʼmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.