Ota farzandlari uchun 50 million soʼm aliment pullarini oldindan toʼladi
- 2023-11-20
Fuqarolik ishlari boʼyicha Urganch tumanlararo sudining 2021 yil 6 iyulь kunidagi buyrugʼiga asosan qarzdor S.А.dan undiruvchi K.R.ning foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan va sud buyrugʼiga asosan ijro hujjati Byuroning Urganch tumani boʼlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning ishlab daromad topib kelayotganligi aniqlangan va Oʼzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunining 64-moddasiga asosan aliment pullari qarzdorning ish haqidan undirib kelingan, shuningdek qarzdorning respublika hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor S.А. aliment pullarini oʼz vaqtida toʼlab kelayotgan edi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga huquqiy hamda farzandlarining kelajagi uchun ularni moddiy qoʼllab-quvvatlash har bir otaning burchi ekanligi yuzasidan berilgan tushuntirishlar natijasida qarzdor farzandlari voyaga yetguniga qadar boʼlgan aliment pullarini biryoʼla toʼlab berishini bildirdi.
Taraflar oʼrtasidagi oʼzaro kelishuvga asosan farzandlar uchun 50 mln. soʼm aliment pullari ixtiyoriy ravishda toʼlab berildi.
Shu munosabat bilan ijro hujjati boʼyicha ish yurituvi tamomlandi.