Bogʼot tumanida xorijiy davlatga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

  •  2022-02-16
Bogʼot tumanida xorijiy davlatga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Bogʼot tumanida xorijiy davlatga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bogʼot tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro O.ning ishonchiga kirib, Finlyandiya davlatiga ishga yuborishda yordam berishi va uning nomiga mehnat daftarchasi rasmiylashtirib berishni 3 600 АQSh dollariga kelishib, shundan 600 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.