Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga vakolatli davlat organi sifatida bir qator vazifalar belgilanmoqda.
- 2023-06-08
Muhim axborot infratuzilmasi (keyingi oʼrinlarda — MАI) obʼektlarida kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini kuzatib borish, ularni baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqish;
raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Аxborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspektsiyasi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda rivojlantirish holati ustidan nazorat va monitoring olib borishda ishtirok etish;
oʼta muhim va toifalangan MАI obʼektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash yuzasidan nazorat tadbirlarini oʼtkazishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatini xabardor qilish hamda ularning natijalari toʼgʼrisida 48 soat ichida yozma axborot kiritish;
joriy yilning 1 oktyabriga qadar Oʼzbekiston Respublikasi MАI obʼektlarining vaqtinchalik yagona davlat reestrini shakllantirish hamda MАI obʼektlarini toifalash tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash kabilar DXX vazifasiga kiradi.