“Taroveh” namozining hududlardagi boshlanish vaqtlari e’lon qilindi

  •  2025-02-28
“Taroveh” namozining hududlardagi boshlanish vaqtlari e’lon qilindi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi 28-fevraldan hududlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlarini eʼlon qildi:

Fargʻona – 20:20
Namangan – 20:20
Andijon – 20:20
Toshkent viloyati – 20:30
Toshkent shahri – 20:30
Sirdaryo – 20:30
Jizzax – 20:30
Samarqand – 20:30
Qashqadaryo – 20:40
Surxondaryo – 20:40
Navoiy – 20:40
Buxoro – 20:40
Xorazm – 21:00
Qoraqalpogʻiston R. – 21:10da.

Xufton namozidan soʻng masjidlarda taroveh namozi boshlanadi.

Avvalroq,Toshkentda “Taroveh” namozi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yo‘llarda transport harakati cheklanishi haqida xabar bergan edik.