Xorazmda qadimiy qoʼngʼiroqni olib chiqilishi fosh qilindi

  •  2024-02-15
Xorazmda qadimiy qoʼngʼiroqni olib chiqilishi fosh qilindi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga boʼlgan urinishni fosh etishdi. Jumladan, bojxona posti orqali xorij davlatiga yoʼl olgan fuqaro K.А.ning qoʼl yuki belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʼtkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etdi. Shundan soʼng, ushbu qoʼl sumkasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda koʼzdan kechirildi. Natijada, bojxona nazoratidan yashirilgan, ogʼzaki soʼrovda maʼlum qilinmagan, Oʼzbekiston Respublikasidan olib chiqish taʼqiqlangan qadimiy hisoblangan sariq metalldan yasalgan 1 dona qoʼngʼiroq borligi aniqlandi. Oʼtkazilgan badiiy ekspertiza xulosasiga koʼra, bronzadan yasalgan qoʼngʼiroq XIX asrning II yarmida Yevropa davlatlarida yasalganligi maʼlum boʼldi. Hozirgi kunda mazkur madaniy boylik “Ichan-qalʼa” Davlat muzey qoʼriqxonasiga topshirildi.