Ommaviy axbarot vositalari O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda. BMTTD jurnalistlar va blogerlar tanloviga yakunyasadi
- 2022-12-14
Toshkent, 2022 yil, 11 noyabr - O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlari o‘rtasida «Energiya samarador uylar va gender tamoyillari - barqaror rivojlanish garovi» mavzusidagi eng yaxshi media materiallar tanlovining g‘oliblari aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotig O Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond (GEF)ning «O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joy qurilishi rivojlanishiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida va O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi ko‘magida tashkil etilgan tanlovga 70 dan ortiq jurnalistik ishi taqdim etildi.
Tanlovning maqsadi - aholi e'tiborini turar-joy sektorida energiya samaradorligini oshirish dolzarbligiga qaratish va o'z uylarida va hamjamiyat miqyosida energiya iste'moli va energiya tejashni boshqarishda ayollarning rolini oshirish, shuningdek, medialarni atrof-muhitni asrash, energiya resurslaridan samarali foydalanish va qayta tiklanadigan manbalardan foydalanishni kengaytirishga qiziqishini kengaytirishdan iborat.
G'oliblarni taqdirlash marosimida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Munteanu energiya samarador uy-joylar qurishning afzalliklari haqida jamoatchilikni xabardor qilish, uylarda hamda hamjamiyat pog'onasida energiyani iste'mol qilishda shuningdek, energiyani tejashda ayollar rolini oshirishda jurnalistlarning alohida o‘rni borligini ta’kidladi: «Ushbu muhim vazifa faqat jurnalist va blogerlar ishtirokida samarali hal etiladi. Aholining xabardorligini oshirishga medialarning jalb etilishi energetika sohasining energiya samaradorligini oshirish va respublika energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish bo‘yicha samarali islohotlarning muhim omili hisoblanadi».
«Eng yaxshi jurnalistik material» nominatsiyasida Namanganlik Rayhon Muhammadaliyeva g‘olib deb topildi. Ikkinchi o'rin sovrindori deb Navoilik Dilfuza Gulyamova e’lon qilindi. Uchinchi oʻrin Qoraqalpog’istonlik Zoya Yerekeevaga topshirildi. «Bloglar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan eng yaxshi material» nominatsiyasida toshkentlik Avazxon Xaydarov va Sarvar Kurbanovlar g'olib bo'ldilar.
Tanlov oldidan qo’shma loyiha O‘zbekistonning beshta mintaqasida treninglar tashkillashtir, ularda jurnalistlar va blogerlar energiya samaradorligi va energiyadan oqilona foydalanuvchi jamiyat qurish mavzusini yoritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi va press turlar o’tkazildi
«Energetika resurslaridan oqilona foydalanishda va energiya tejashda yuqori amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ayollarning roli va hissasi yetarlicha baholanmaganligicha qolmoqda. Mening reportajim stereotiplardan voz kechib , elektr ta’minoti tizimida ishlaydigan elektrchi ayolga bag‘ishlangan», — deydi tanlov g‘olibi Rayhon Muhamadaliyeva.
«Bolalarga energiya resurslari va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan oqilona foydalanish asoslarini o‘rgatish masalasiga e’tibor qaratish muhim, chunki bu uzoq istiqbolda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga hissa qo‘shadi», – deydi bloggerlar o'rtasidagi tanlov g‘olibi Avazxon Haydarov.
BMTTD/GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi olti yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekiston qishloq aholisini arzon va ekologik toza uylar bilan ta’minlashdan iborat. Loyihaning muhim yutug‘i 24 turdagi energiya tejamkor uy-joylar loyihalari ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu esa respublika bo‘ylab energiya tejamkor va kam uglerodli uy-joylarning ommaviy qurilishiga turtki berdi. Bundan tashqari, loyiha doirasida 1358 ta energiya tejamkor va kam uglerodli xonadonlar qurish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatildi.