Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilganligi aniqlandi.
- 2023-04-13
Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan, Xorazm viloyat teleradiokompaniyasida oʼtkazilgan tekshiruvda 2021-2022 yillar davomida kompaniya bosh xisobchisi S.Qurbanovaning bir oʼziga mexnat taʼtili uchun 116 mln.863 ming soʼm, ish xaqiga ustama pullari uchun 26 mln. 50 ming soʼm, mualliflik xaqi uchun 6 mln. 223 ming soʼm, jami 149 mln. 136 ming soʼm xech bir asossiz toʼlab berilganligi aniqlandi.
Shuningdek, 2020-2022 yillar davomida 8 nafar xodimlarga xizmat safari uchun jami 85 mln.687 ming soʼm, notoʼgʼri toʼlab berilgan.
Shu bilan birgalikda, 2020 yilda 81 nafar xodimlarga 66 mln. 820 ming soʼm, 2021 yilda 91 nafar xodimlarga 128 mln. 703 ming soʼm, 2022 yilda 79 nafar xodimlarga 67 mln. 535 ming soʼm jami 263 mln. 59 ming soʼm ragʼbatlantirish pullari uchun notoʼgʼri toʼlab berilgan.
Ushbu xolatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov davomida yetkazilgan toʼliq zarar undirilgan va jinoyat ishi mazmunan koʼrib chiqish uchun sudga yuborilgan deyiladi Qonun doirasi kanalida.