Botir Qudratxo‘jaev O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi
- 2025-02-26

Bungacha bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimida ishlagan Botir Qudratxo‘jayev Favqulodda vaziyatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqdagi qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar qildi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Botir Qudratxo‘jayev 2022 yilning noyabridan buyon bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bungacha 2020 yildan Xorazm viloyati prokurori, 2017 yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, 2016−2017 yillarda Toshkent shahri prokurori, 2014−2016 yillarda Surxondaryo viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.
FVVning avvalgi rahbari bu lavozimga 2022 yil mart oyida tayinlangan Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldoshev edi.