Urganç tumanidagi gaz quyiş şoxobçasida adolat va şaffoflik ta’minlanişi zarur
- 2026-11-23
Aholi va haydovçilardan kelib tuşayotgan murojaatlarga köra, Urganç tumanida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida (AGTKŞ) yoqilği ta’minoti va navbat tizimi bilan boğliq jiddiy muammolar kuzatilmoqda.
Fuqarolarning ta’kidlaşiça, kunduzgi vaqtda oddiy haydovçilar uçun gaz quyiş imkoniyati çeklangan bir paytda, ayrim transport vositalariga özaro kelişuv asosida xizmat körsatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Natijada, öz navbatini kutayotgan köplab haydovçilar tun böyi şoxobça hududida qolib, uylariga qaytmasdan tong ottirişga, ertasi kuni esa yana navbat kutişni davom ettirişga majbur bölmoqda. Ma’lumotlarga köra, belgilangan umumiy navbat tartibi barça uçun birdek amal qilmayotgani va ayrim şaxslarga ustuvorlik berilayotgani haydovçilarning haqli e’tirozlariga sabab bölmoqda.
Davlat siyosatining ustuvor yönalişi — barça fuqarolar uçun teng imkoniyatlar yaratiş va qonun ustuvorligini ta’minlaşdan iborat. Biroq joylardagi ayrim tadbirkorlik subyektlari va mas’ullarning öz vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşişi aholi orasida asosli norozilik uyğotib, umumiy islohotlar samaradorligiga soya solmoqda.
Şu örinda haqli savollar tuğiladi:
- Mazkur AGTKŞ faoliyati ustidan tegişli nazorat organlari qanday monitoring olib bormoqda?
- Belgilangan çeklovlar va navbat tartibi barça iste’molçilar uçun bir xil tatbiq etilişini kim kafolatlaydi?
- Tungi vaqtlarda uyiga qaytmay, sovuqda navbat kutayotgan fuqarolarning sarson bölişiga kim javob beradi?
Xorazm viloyati hokimligi tomonidan hududda aholi farovonligini oşiriş va muammolarni tezkor hal etiş borasida tizimli işlar olib borilayotganini e’tirof etgan holda, viloyat rahbariyatidan Urganç tumanidagi mazkur holatga ham alohida e’tibor qaratişini söraymiz.
Şoxobça faoliyatini joyiga çiqqan holda örganiş, navbat jarayonlarida şaffoflik va adolatni ta’minlaş hamda mavjud vaziyat yuzasidan jamoatçilikka aniq, asosli tuşuntiriş berilişi maqsadga muvofiq bölar edi.