Kutilmagan “yangilik”: Xonqa dehqon bozorida yo‘l qatnov qismi qisman nega to‘silyapti?
- 2026-09-16
Xonqa dehqon bozori atrofida yo‘l harakati bilan bog‘liq g‘alati holat kuzatilmoqda.
Suratda yo‘lning qatnov qismiga beton to‘siqlar o‘rnatilgani, ular ortida esa savdo rastalari joylashtirilgani ko‘rinadi.
Bozor hududidagi yo‘lning o‘zi ham tor ekanini hisobga olsak, bunday to‘siqlar transport vositalarining harakatlanishini yanada qiyinlashtirishi mumkin.
Yana bir e’tiborli jihat — “To‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgisi qanday maqsadda va aynan shu joyga qaysi asosda o‘rnatilgani savol uyg‘otadi.
Suratga qaraganda, yo‘lni qarama-qarshi oqimlardan ajratuvchi chiziq yoki yo‘l o‘rtasidagi ajratuvchi qism ham ko‘zga tashlanmaydi.
Eng muhimi, beton to‘siqlarni qatnov qismiga joylashtirish va yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha tegishli ruxsat hamda yo‘l harakatini tashkil etish sxemasi mavjudmi?
Mas’ullar ushbu holatga qanday izoh berarkin? Beton to‘siqlar kimning tashabbusi bilan, nima maqsadda va qaysi hujjat asosida o‘rnatilgan?
Jamoatchilik uchun ham qiziq: yo‘l xavfsizligi va bozor faoliyati o‘rtasidagi muvozanat nega aynan shunday tashkil etilgan?
Mas’ullar izohini kutamiz.